Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

24-aprel kuni O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kamolot” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Foto: “Kamolot.uz”

Foto: “Kamolot.uz”

Unda Harakatning Markaziy Kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining faoliyatiga doir ishlar muhokama etilib, tashkiliy masala ko‘rildi.

Majlisda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib Ashurov Sarvar G‘aniyevich saylandi.

Ma’lumot uchun, Sarvar Ashurov 1982-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2003-yil O‘zbekiston milliy universitetini, 2009-yil Toshkent moliya institutini tugatgan.

Sarvar Ashurov 2013-yildan O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari – Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi