Agar tirnoqlar har doim qatlam-qatlam holda va sinayotgan bo‘lsa, modada bo‘lgan manikyur masalasi keyinga qoldiriladi. Bizning maslahatlarimizga amal qilgan holda tirnoqlaringizni mustahkamlang va mavsumning eng ommabop trendlarini sinab ko‘ring.
Tirnoq ostini mustahkamlaydigan bazalardan foydalaning
Mo‘rtlikning asosiy sababi — quruq tirnoq plastinasi. Buni to‘g‘rilash uchun uni B5, E vitaminlari va maxsus birikmalar bilan ta’minlash kerak. Odatda ular tirnoqlar uchun mustahkamlovchi bazalar tarkibida bo‘ladi. Bu vositani rangli laklar bilan bo‘yashdan oldin tirnoqlaringizga suring.Lakdan tozalovchi suyuqlik tanlang
“Atsetonsiz” degan belgi qo‘yilgan suyuqlikni tanlang. Bu modda — tirnoqlarning dushmani hisoblanadi, chunki u tirnoqlarni haddan tashqari quruqlashtiradi.Metall egovchalarni tashlab yuboring
Ular tirnoqlarni qatlamlarga ajratadi, tirnoqlar chetidagi milklarni vujudga keltiradi, tirnoqni buzadi. Poliuretan yoki yog‘och egovchalardan foydalaning, chunki ular tirnoqqa zarar keltirmaydi.Tirnoqlar uchun yog‘lardan foydalaning
Yog‘lar tirnoqlar quruqlashmasligiga katta yordam beradi. Masalan, tirnoqlar uchun ilang-ilang yog‘i yordamida mustahkamlovchi vosita tayyorlash mumkin:4 tomchi ilang-ilang efir yog‘ini bir choy qoshiq bodom yog‘i bilan aralashtiring, tirnoqlarga suring va uqalang.
Tirnoqlarni mustahkamlash va oqartirishga zaytun yog‘i bilan vanna qilish yordam beradi:
Sal qizdirilgan yog‘ga besh tomchi limon sharbati qo‘shing, qo‘llaringizni o‘n daqiqa davomida qoldiring.
Bundan tashqari, o‘z yashash tarzingizga ham e’tibor qarating.
Ovqatlanishni nazorat qiling
Sog‘lig‘ingiz, shu jumladan tirnoqlaringiz ham qanday ovqatlanishingizga bog‘liq. Ular mustahkam bo‘lishi uchun A, D vitaminlariga va kalsiyga boy bo‘lgan — yong‘oq, avokado, sut, tvorog va pishloq kabi oziq-ovqatlarni iste’mol qiling.Manba: “Fraufluger.ru”
Izoh (0)