Daryo

Britaniyalik ayol va uning iti arg‘amchida sakrash bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

O‘rnatilgan yangi rekord evaziga it ko‘plab sosiskalar va quchoqlarga sazovor bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish21 074 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TJournal

Britaniyalik hayvon o‘rgatuvchisi Reychel Grills “arg‘amchida bir daqiqada it bilan sakrashlar soni” yo‘nalishida yangi rekord o‘rnatdi. 38 yoshli ayol jek-rassel-teryer zotli 8 yoshli Jessika laqabli iti bilan 59 marta sakrashni amalga oshirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: TJournal

Itini o‘rgatish uchun Reychel har kuni 15 daqiqa vaqt sarflaydi. Uning aytishicha, Jessika nafaqat arg‘amchida sakrashni, balki skeytbordda uchishni va bochka aylantirishni biladi.

O‘rnatilgan yangi rekord evaziga Jessika ko‘plab sosiskalar va quchoqlarga sazovor bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar