Daryo

Janubiy Sudanda qulagan samolyotning barcha yo‘lovchilari omon qolgani ma’lum qilindi

Samolyot yonib ketgunicha uning bortida bo‘lgan barcha odamlar evakuatsiya qilib ulgurilgan

1 daqiqa o‘qish18 242 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Sudanning Vau shahrida qulagan samolyotning barcha yo‘lovchilari omon qolgan. Bu haqda AirLive resursi va samolyotga egalik qiluvchi South Supreme Airlines aviakompaniyasi xabar bergan.

Foto: Meduza

Avvalroq Vau shahrida bortida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 44 nafar, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra kamida 30 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot qulagani, hodisa oqibatida ularning bari halok bo‘lgani haqida noaniq axborot berilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, samolyot avariya holatida qo‘nganidan so‘ng, u yonib ketgunicha samolyot bortida bo‘lgan barcha odamlar evakuatsiya qilib ulgurilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar