Daryo

Fransuz dizayneri sochlardan soat yasadi (video)

Soatdagi siferblat o‘rnida inson sochlari qo‘llanilgan

1 daqiqa o‘qish46 246 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Luxurylaunches

Fransuz dizayneri Bina Baytel devor soati yasadi. Soatdagi siferblat o‘rnida inson sochlari qo‘llanilgan. Soat modeli Lash Lock deb nomlangan. Bu haqda Luxurylaunches nashri xabar berdi.

Foto: Luxurylaunches

Soch tolalari orasidagi bo‘shliqni kuzatgan holda soatdagi vaqtni aniqlash mumkin. Katta bo‘shliq soatni, kichikrog‘i esa daqiqani ko‘rsatadi. Soat sotuvga chiqarish uchun mo‘ljallanmagan, uni Belgiyadagi Grand Hornu muzeyida ko‘rish mumkin. Zamonaviy san’at asarlari namoyish etilayotgan ko‘rgazma aprel oyi oxirigacha davom etadi.

Foto: Luxurylaunches

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar