Belarusning “Pressbol” sport gazetasi jurnalisti Vyacheslav Fedorenkov bashorati amalga oshmagach, o‘zi ishlaydigan nashr sonlaridan birini yedi. Bu haqda “Ren TV” xabar bermoqda.
Bir yil avval Vyacheslav Fedorenkov Minskning “Dinamo” klubi Mintaqaviy xokkey ligasi (KXL) pley-off bosqichiga chiqa olmasligini bashorat qilgandi. Biroq jamoa buning aksini uddaladi.
O‘ziga xos “taom qabul qilish” jarayoni 16-fevral kuni, “Dinamo” – “Nefteximik” (2:1, bullitlar bo‘yicha) uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tdi. Unda “Dinamo” Minsk klubi murabbiylari ham ishtirok etdi.
Avvaliga bashorati aniq chiqmagan sport jurnalistiga gazeta ko‘rinishidagi tort tayyorlab qo‘yilgandi, ammo bu adolatsiz ekanini aytib, va’dasida binoan gazetani o‘zini yedi.
“Dinamo” KXLning G‘arbiy konferensiyasida 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa pley-off bosqichi yo‘llanmasini hal qilib ulgurdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)