Daryo

“Kitob olami”da Navoiy va Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasi o‘tkazildi

Tadbirda professorlar Hamidulla Boltaboyev va Nasimxon Rahmonov buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodi haqida kitobxonlarga hikoya qilib berdi

1 daqiqa o‘qish15 532 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Kitob olami”

“Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlab “Nazm va navo” nomli adabiy-musiqiy kecha o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga majmua axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Kitob olami”

Tadbirga filologiya fanlari doktorlari, professorlar Hamidulla Boltaboyev va Nasimxon Rahmonov tashrif buyurib, buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodi haqida kitobxonlarga hikoya qilib berdi.

Toshkent Madaniyat kolleji o‘qituvchisi, xushovoz xonanda Abduqahhor Jalilov, sozandalar Shahobiddin Mirzayev, Nuriddin Qayumov, Farruh Vohidov, “Xalq cholg‘ulari” kafedrasi jo‘rnavozi A’zamjon Ibragimov o‘zlarining dilbar kuy va qo‘shiqlari bilan kechaga fayz baxsh etdi.

Foto: “Kitob olami”

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 222-maktab o‘quvchilari Navoiy ijodidan tayyorlagan she’r aytishuvlari hamda raqslar yig‘ilgan tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Kecha so‘ngida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” viktorinasi g‘olibi, Toshkent shahridagi 27-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Xojiakbar Mirabbosov hamda tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga majmuaning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar