Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp kelgusi oy oxirida Kongress Senati va vakillar palatasi oldida chiqish qilishga taklif etildi. Bu haqda vakillar palatasi spikeri Pol Rayan ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP
Prezident Trampni Kongress palatalarining 28-fevralda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma yig‘ilishda chiqish qilishga taklif etaman.

Pol Rayan, vakillar palatasi spikeri

Rayan so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh aholisi va Kongress a’zolariga mamlakat hamda xorijda muhim muammolarni hal etishga qaratilgan kun tartibi nimalardan iborat ekanligi haqida bevosita Trampning o‘zidan eshitishga imkon beradi.

AQSh ma’muriyati rahbarining Kongressdagi yillik chiqishi an’anaga aylangan. Biroq Tramp 20-yanvarda ishga kirishgani sababli “Mamlakatdagi holat haqida”gi to‘laqonli chiqish haqida gap ketayotgani yo‘q.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto) 
Qirg‘iziston
“Rosatom” yana bir Markaziy Osiyo davlatida AES qurmoqchi
Mahalliy
Andijonda o‘g‘li o‘ldirib, kanalga tashlab yuborilgan otaning murdasi Farg‘onadan topildi