Sayohatchilar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik – TripAdvisor sayti ekspertlari sayohatchilar tomonidan jahon bo‘ylab eng yuqori baho berilgan 25 madaniy obyekt ro‘yxatini tuzib chiqdi. TravelAsk dunyoning eng yaxshi 25 madaniy obyekti suratlarini bir sahifaga jamladi.
Machu-Pikchu, Peru
Dunyoning yangi mo‘jizalaridan biri sifatida tan olingan Machu-Pikchu zamonaviy Peruda, dengiz sathidan 2 450 metr balandlikda joylashgan. Madaniy obyekt “Osmondagi shahar” yoki “Bulutlar orasidagi shahar” nomini olgan.
Shayx Zayd masjidi, BAA
Shayx Zayd masjidi – dunyodagi eng katta 6 masjiddan biri sanaladi. Masjid BAA asoschisi va birinchi prezidenti Zayd ibn Sulton an-Naxayyan sharafiga nomlangan. Boshqa masjidlardan farqli o‘laroq, bu yerga dinidan qat’i nazar istagan kishi kira oladi.
Toj-Mahal, Hindiston
Hindistonning Agra shahridagi Toj-Mahal maqbarasi butun dunyo bo‘ylab yaxshi taniladigan osori-atiqa hisoblanadi. Toj-Mahal chiroyli bino bo‘lishi bilan birga abadiy muhabbat timsoli ham hisoblanadi.
Meskita, Kordova, Ispaniya
Ko‘p asrlar avval bu yerda qadimiy Rim ibodatxonasi bo‘lgan, keyin u cherkovga aylantirildi. 785-yilda esa Meskita paydo bo‘ldi. Ma’lum vaqtgacha mazkur madaniy obyekt Makkadagi masjiddan keyin muhimligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turgandi. Keyin esa Meskita xristian ibodatxonasiga aylantirildi.
Avliyo Pyotr cherkovi, Vatikan, Italiya
Vatikan va katoliklarning yuragi – Avliyo Pyotr cherkovi Rimning asosiy osori-atiqasi hisoblanadi.
Angkor-Vat, Siyemreap, Kambodja
Qariyb 900 yillik tarixga ega Angkor-Vat Kambodjaning Siyemreap shahrida joylashgan. Madaniy obyekt 200 gektar maydonni qamrab olgan.
Bayon ibodatxonasi majmuasi, Siyemreap, Kambodja
Bayon – eng antiqa ibodatxonalardan biri. Angkor Tom hududida joylashgan osori-atiqa diniy markaz hisoblanadi. Madaniy obyekt hududida 37 ta bino mavjud.
Iso Masih cherkovi, Sankt-Peterburg, Rossiya
Sankt-Peterburgdagi Iso Masih cherkovi TripAdvisor ro‘yxatiga kiritilgan Rossiyaning yagona osori-atiqasi bo‘ldi.
Gettisberg milliy harbiy parki, Gettisberg, Pensilvaniya
Gettisberg milliy harbiy parki aslida park emas. Bu yer 1863-yili AQShda bo‘lib o‘tgan fuqarolik urushining asosiy qismi sanaladi.
Eski shahar devorlari, Dubrovnik, Xorvatiya
1979-yili YuNESKO Dubrovnik shahridagi Eski shaharni va shahar devorlarining aksariyat qismini Butunjahon meros obyektlari ro‘yxatiga kiritdi. Devorlar shaharni 4 tomondan o‘rab olingan hamda bino, qal’a, cherkov, maydon va ko‘chalar, maktab, muzey va galereyalarni o‘z ichiga oladi.
Pagoda Shvedagon, Yangon, Myanma
Pagoda Shvedagon Myanmaning eng baland ibodatxonalaridan biri sanaladi. Butun majmua 5 gektar maydonni egallagan.
Linkoln memoriali va uning aksi tushib turadigan basseyn, Vashington, AQSh
Linkoln memoriali Parfenonni eslatuvchi qadimiy Gretsiya uslubida qurilgan. Binoni oq marmardan yasalgan 36 ta kolonna ushlab turadi. Uning balandligi 5,79 metrga teng.
Petra qadimiy shahri, Iordaniya
Iordaniya markazida qadimiy Petra shahri joylashgan.
Buyuk Xitoy devoridagi Mutyanyuy maydoni, Pekin, Xitoy
Buyuk Xitoy devorida joylashgan Mutyanyuy maydonida 22 ta qo‘riqlaydigan bino mavjud. Asl qiyofasini saqlab qolgan ushbu maydon arxitekturaning haqiqiy san’at asari sanaladi.
Qadimiy Efes shahri, Selchuk, Turkiya
Qadimiy Efes shahri Turkiyaning eng ko‘p ziyorat qilinadigan madaniy obyekti hisoblanadi.
Algambra, Ispaniya
Algambra qadimiy qasr va Ispaniya janubidagi Granada provinsiyasi hukumatining qal’asi sanaladi.
Avstraliya harbiy memoriali, Kanberra, Avstraliya
Birinchi va Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga barpo etilgan asosiy memoriallardan biri.
Siyena cherkovi, Siyena, Italiya
Solnomalarda qayd etilishicha, XIII asr boshida Siyena shahar-mamlakat aholisi hukumatdan o‘sha davrdagi asosiy raqobatchisi – Florensiyadagi ibodatxonalardan kattaroq cherkov qurishga chaqirgan. 1215 va 1263-yillar davomida eski ibodatxona o‘rniga Duomo Siyena qurildi.
Milan cherkovi (Duomo), Milan, Italiya
Milan shahrining asosiy qismi – Santa Mariya Nashente (Duomo) cherkovi. Ibodatxona 1386-yildan XIX asr boshiga qadar qurilgan. Mazkur osori-atiqa dunyodagi eng katta katolik cherkovlari orasida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Avliyo oila ibodatxonasi, Barselona, Ispaniya
Avliyo oila ibodatxonasi uzoq yillardan buyon qurilayotgan madaniy obyekt hisoblanadi. Uning qurilishi qariyb 150 yil avval boshnalib, hozirgi kungacha davom etmoqda.
“Oltin darvoza” ko‘prigi, San-Fransisko, Kaliforniya
1933-yildan 1937-yilgacha qurilgan mazkur obyekt ochilish vaqtida eng katta osma ko‘prik bo‘lgan.
Iso Masih haykali, Rio-de-Janeyro, Braziliya
Rio-de-Janeyro shahridagi Iso Masih haykali dunyodagi eng mahshur madaniy obyektlardan biri sifatida qayd etilgan.
Teotiuakan, San-Xuan-Teotiuakan, Meksika
Shimoliy yarim sharda joylashgan eng qadimiy va katta shaharlardan biri. Uning aniq yoshi hozirgacha noma’lum.
Xarmandir sohib oltin ibodatxonasi, Amritsar, Hindiston
Hindistonning eng qadimiy ibodatxonalaridan birining yuqori qavatlari zarhal bilan qoplangan. Shu sababli, bino “Oltin ibodatxona” nomi bilan ham mashhur.
Sidneydagi opera teatri, Sidney, Avstraliya
Sidneydagi opera teatri – dunyo bo‘ylab yaxshi taniladigan binolardan biri. Uning arxitektori daniyalik Yorn Utzon bo‘lgan. Mazkur bino Sidney timsoliga aylangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.