Daryo

Janubiy Koreyada odam tomonidan boshqariladigan ulkan robot prototipi ishlab chiqildi

Loyihaning bosh maqsadi sanoatda amaliy qo‘llash uchun robotlashtirilgan platformani yaratishdir

1 daqiqa o‘qish15 304 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TJournal

Janubiy Koreyaning Korea Future Technology kompaniyasi og‘ir robot prototipini yaratdi. U ichidagi odam harakatlari yordamida boshqariladi, deb yozadi TJournal.

Foto: TJournal

Robotni yaratishda 3D rassom Vitaliy Bulgarov ishtirok etdi. U Facebook’dagi sahifasida robot qo‘llarini boshqarish tizimining sinov jarayoni videosini joyladi.

https://www.instagram.com/p/BODgzx4jT12/

Loyihaning bosh maqsadi sanoatda amaliy qo‘llash uchun robotlashtirilgan platformani yaratishdir. Robot aynan qaysi sohalarda qo‘llanilishi hozircha noma’lum.

Bulgarovning ma’lum qilishicha, u loyihaning barcha tafsilotlarini oshkor eta olmaydi. 2016-yil yakuniga kelib robot oldinga qadam tashlay oladi va qo‘llarini harakatlantira oladi. Uning balandligi 4 metr, og‘irligi esa 1,5 tonnani tashkil etadi.

https://www.instagram.com/p/BODkge-DIY3/

Loyihaning 2015-yil yakunidagi prototipi

Foto: TJournal

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari robotni Jeyms Kemeronning 1986-yilda chiqqan “Begonalar” va 2009-yilda chiqqan “Avatar” filmlaridagi jangovar robotni eslatib yuborishini qayd etdi.

“Begonalar” filmidan kadr
“Avatar” filmidan kadr

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar