Buyuk Britaniyaning Telegraph Sport gazetasi o‘z o‘quvchilari orasida mamlakat tarixidagi eng buyuk 100 sportchini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.
Mazkur so‘rovnomada 7 ming respondent ishtirok etdi. Unga ko‘ra, dunyoning birinchi raketasi Endi Marrey Buyuk Britaniya tarixidagi eng buyuk sportchi deb topildi.
Qayd etish kerakki, so‘ronnoma natijalariga ko‘ra uch futbolchi, to‘rt yengil atletikachi, uch regbichi, kriket o‘yinchisi, ikki paralimpiyachi, ikki velopoygachi, golfchi va jokey kuchli 20 talikka kirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)