Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike klub yetakchisi Lionel Messining kataloniyaliklar bilan amaldagi kelishuvini uzaytirishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

Foto: 101 Great Goals

Foto: 101 Great Goals

“Muzokaralar boshlangani meni biroz xotirjam qilmoqda. U ‘Barselona’ bilan shartnomasini uzaytiradigan futbolchilardan biri bo‘ladi. Messining kelishuvi uzaytirilgani e’lon qilinganidan so‘ng uni nishonlaymiz. Agar bu haqda e’lon qilinsa, albatta. Ayni vaqtda Messining klubdagi kelajagi haqida hech qanday taxmin qila olmayman”, – dedi Enrike.

Oldinroq Lionel Messining otasi Xorxe o‘g‘lining kataloniyaliklar bilan shartnomasini muhokama qilish uchun Ispaniyaga kelgani haqida xabar berilgandi. Tomonlar Rojdestvo bayramiga qadar shartnoma borasida kelishib olmoqchi ekani ta’kidlangandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi