O‘zbekistonlik bodibildingchilar Tailandning Pattaya shahrida bo‘lib o‘tadigan bodibilding va fitness chempionatiga yo‘l oldi. Bu haqda Toshkent shahar bodibilding va fitness federatsiyasi prezidenti Habibulla Nizomov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilgan.
“Tailanddagi chempionatga yo‘l oldik. Tashkilot vitse-prezidenti Temur Sobirov boshchiligida 25 nafar bodibildingchi unda ishtirok etadi. Aytish kerakki, Jahon Chempionatiga borish uchun bizga barcha sharoit yaratib berilgan”, — deb aytib o‘tdi Habibulla Nizomov.
“Bundan tashqari ‘Olimpion nutrition’ homiy sifatida katta yordam berdi. Natijada 80 ga yaqin mamlakatdan tashrif buyuradigan sportchilar bilan musobaqalashish imkoniyatini qo‘lga kiritdik. Bizga bo‘lgan e’tibor uchun ham chempion bo‘lib kelishga bel bog‘laganmiz”, — deb fikr yakunlandi.
Pattayadagi turnir 5-dekabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)