Sankt-Peterburgning “Zenit” futbol klubi matbuot xizmati rahbari Dmitriy Simmerman jamoa hujumchisi Artyom Dzyuba va darvozabon Yuriy Lodigin o‘rtasida mushtlashuv bo‘lganini rad etdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Avvalroq “Zenit” a’zolari Artyom Dzyuba va darvozabon Yuriy Lodigin “Krasnodar”ga qarshi (1:2) Rossiya chempionati 15-tur o‘yinidan keyin kiyinish xonasida mushtlashib ketgani haqida xabar paydo bo‘lgandi.
“Asossiz mish-mishlar qayerdan paydo bo‘lgani noma’lum. Hech qanday mushtlashuv bo‘lmadi va bo‘lishi ham mumkin emasdi”, – deb Simmerman so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Sport-Ekspress”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)