Fransiyaning “Lion” klubi yarim himoyachisi Matye Valbuena Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Karim Benzema bilan bir jamoada to‘p surishga qarshi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda, Eurosport portaliga tayanib, “TASS xabar bermoqda.
Joriy yilning boshida Karim Benzema Matye Valbuenaga nisbatan tovlamachilik ishi bo‘yicha yirik mojaro markaziga tushib qoldi. Surishtiruv ishi davomida Benzema tergov ostidagi maqomga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, Fransiya futbol federatsiyasi futbolchini surishtiruv yakunigacha mamlakat termasidan chetlatdi. Natijada “Real” a’zosi o‘z vatanida o‘tkazilgan Yevro–2016 turnirini o‘tkazib yuborgan edi.
Benzema bilan bir jamoada o‘ynash haqidagi savolga Valbuena quyidagicha javob berdi. “Albatta, men tayyorman. Nega endi yo‘q, bu men uchun muammo emas. Biz maydonda bir-birimizni yaxshi tushunamiz”, – dedi “Lion” futbolchisi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” hujumchisi Karim Benzema tomonidan Matye Valbuenaning shantaj qilinishi yuzasidan sud ishi davom etmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)