Belaruslik bosqon uloqtiruvchi Oksana Menkova Pekin–2008 Olimpiya o‘yinlari oltin medalidan mahrum qilindi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Menkovaning doping namunasi qayta tekshirilgach, uning tarkibida taqiqlangan turinabol va oksandrolon moddalari aniqlandi.
Shuningdek, Pekin–2008 va London–2012 Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika bo‘yicha chempioni qozog‘istonlik Ilya Ilin har ikki oltin medalidan, Pekin–2008 ning yadro uloqtirish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan belaruslik Natalya Mixnevich kumush medalidan mahrum qilindi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan doping namunalarining qayta tekshiruvidan so‘ng jami 98 sportchida taqiqlangan preparatlar aniqlandi. Shulardan 60 nafari Pekin–2008 da, 38 nafari London–2012 da ishtirok etgan.
Qayd etish joiz, qayta tekshiruvdan so‘ng Pekin–2008 va London–2012 Olimpiya o‘yinlarining 23 sovrindorida doping aniqlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)