Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubida to‘p surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov “Red Bull”ga qarshi (1:1) Yevropa Ligasi 5-turidan keyin o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Har bir jamoada pasayish bo‘ladi. Bugun o‘yinimiz o‘xshamadi. Haftasida ikki marta o‘ynayapmiz va charchoq alomatlari sezildi. Buning ustiga raqib ham yaxshi o‘ynadi. ‘Zenit’ga qarshi boshqacha o‘yin bo‘ladi, tiklanishga harakat qilamiz. Klub rahbariyati pley-off bosqichi uchun vazifa qo‘ymagan, lekin maqsad doim bitta – olg‘a intilish”, – dedi Ahmedov.
Ta’kidlash joiz, “Krasnodar” Yevropa Ligasi 5-turidan so‘ng 7 ochko jamg‘argan holda musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)