O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-oktabrda qabul qilingan “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining ‘Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” veb-saytida bank Boshqaruvi raisining virtual qabulxonasi ish boshladi. Endilikda fuqarolar va mijozlar bank faoliyatiga doir arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan tezkor va qulay usulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri virtual qabulxona — www.rq.qqb.uz manzili orqali murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ayni vaqtda bank markaziy apparatida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Bank Boshqaruvi qaroriga asosan yangi tuzilma – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilindi. Murojaatlar bilan ishlash masalasi bank Boshqaruvining qator majlislarida muhokama qilinib, bank tuzilmalarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Ko‘rilayotgan bu kabi chora-tadbirlarning asosiy maqsadi bank tizimida murojaatlar bilan ishlash sifatini tubdan yaxshilash, murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish va bu borada sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Mazkur masala ATB “Qishloq qurilish bank” faoliyatining eng muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.
“Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisining rasmiy virtual qabulxonasiga www.rq.qqb.uz manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Bundan tashqari, bank raisiga rqqb@qqb.uz elektron pochta manzili va (0-371) 150-45-32 telefon raqami orqali murojaatlar qabul qilinmoqda.
Sizning murojaatingiz qisqa muddatda sifatli ko‘rib chiqilishi kafolatlanadi.
Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan. Reklama huquqi asosida
Izoh (0)