Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Garet Beyl jarohati tufayli “Barselona”ga qarshi prinsipial o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uelslik futbolchi “Sporting”ga qarshi (2:1) YChL guruh bosqichi 5-tur o‘yinida to‘pig‘idan jarohat olib, ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi.
Xabarda qayd etilishicha, Beylga jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lishi mumkin. Bu boradagi qaror yaqin 48 soat ichida qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionati 14-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi “El-Klasiko” 3-dekabr kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)