Ispaniyaning “Barselona” jamoasi YChL guruh bosqichi 5-turida “Seltik” klubi mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Kataloniyaliklar shu tariqa yevrokuboklarda safar o‘yinlarida 100 ta g‘alabaga erishgan birinchi klubga aylandi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
Mazkur uchrashuvda dubl qayd etgan Lionel Messi klub miqyosidagi xalqaro turnirlarda 100 ta gol kiritgan birinchi futbolchiga aylandi.
Bundan tashqari, “Barselona” klubining Twitter’dagi sahifasida qayd etilishicha, argentinalik futbolchining “Seltik” darvozasiga kiritgan birinchi goli klubning Luis Enrike bosh murabbiyligi ostidagi 400-goli bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)