Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Shvetsiyada 2016-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Shvetsiyalik 35 yoshli futbolchi mazkur mukofotni qatorasiga 10-marta qo‘lga kiritmoqda.
Birinchi marta Zlatan 2005-yili Shvetsiyaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi. Bir yil o‘tib, ushbu sovrin o‘sha paytda “Arsenal” safida to‘p surgan Fredrik Yungbergga nasib qilgandi. Shundan keyin Ibrahimovich o‘z yurtida tinimsiz ravishda eng yaxshi bo‘lib kelmoqda.
“Fantastik hissiyotlar. Ko‘pchilik nega aynan u deb o‘ylaydi. Ammo termadagi 15 yillik, klublardagi 20 yillik faoliyatdan keyin ushbu mukofot munosib ko‘rinmoqda”, – dedi Ibrahimovich.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)