Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Oltin to‘p–2016” mukofotini qo‘lga kiritishni juda xohlayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Maqsadim – har yili ‘Oltin to‘p’ni qo‘lga kiritish. O‘tgan yili ushbu mukofotni yuta olmagandim. Bu safar yutishimga umid qilaman”, – dedi portugaliyalik futbolchi.
Qayd etish joiz, 31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda “Real” bilan YChL g‘olibi, Portugaliya termasi bilan esa Yevro–2016 chempioni bo‘ldi. Ispaniya chempionatida esa Krishtianu “Real” bilan kumush medal sohibiga aylangandi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)