Butunjahon antidoping agentligi (WADA) antidoping kodeksini qo‘pol tarzda buzgan mamlakatlarni xalqaro turnirlarni o‘tkazishdan mahrum qilish huquqiga ega bo‘lmoqchi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda ta’kilanishicha, ushbu taklif WADA ta’sischilarining kengashida ilgari surildi.
Mazkur taklifni Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan WADA ta’sischilar a’zosi Adam Pengilli hamda WADA sportchilar komissiyasi boshlig‘i Bekki Skott qo‘llab-quvvatladi.
“Ayni damda WADA agentlikning kodeksiga mos kelmaydigan mamlakat antidoping tashkilotlariga ta’sir o‘tkaza olmaydi, ammo endi vaziyat o‘zgaradi”, – dedi tashkilot qo‘mitasining sobiq boshlig‘i Rene Bushar.
Mualliflarning taklifiga ko‘ra, antidoping kodeksini qo‘pol tarzda buzgan mamlakatlar Olimpiya o‘yinlari yoki jahon chempionalarini o‘tkazish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)