Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida 21-noyabr, dushanba kuni yuz bergan portlash oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘ldi, yana 1 nafari yaralandi. Bu haqda Hama Press’na tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, portlash Bagrami tumanida sodir bo‘ldi. Mashinaga o‘rnatilgan magnitli mina portlagani qayd etilmoqda.
Terakt kimga qaratilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Hozircha hech qaysi terrorchilik guruhi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)