Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi masjidlardan birining kirish qismida xudkush terrorchi portlovchi qurilmani ishga tushirdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Mahalliy Tolo News agentligining xabar berishicha, portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi, kamida 35 nafari shifoxonaga yetkazildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, portlash mahalliy vaqt bilan tush vaqtida sodir bo‘ldi.
Sodir etilgan mazkur terrochilik harakati bugun, 21-noyabr kuni ikkinchisi bo‘ldi. Avvalroq Kobul shahridagi boshqa bir portlashda kamida 1 kishi halok bo‘lgani, yana 1 nafari yaralangani haqida xabar berilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)