Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida tezyurar poyezdning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 142 kishiga yetdi, 200 nafardan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda The Indian Express nashri xabar bermoqda.
Ilgariroq halokat oqibatida 133 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida ma’lum qilingandi. Тezyurar poyezd halokatiga relsdagi nuqson sabab bo‘lgani xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2 ming kishini olib ketayotgan 23 vagondan iborat Indor—Patna tezyurar poyezdi Kanpur shahridan 100 km masofada Puxrayan stansiyasi hududida 20-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 02:30 halokatga uchradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)