Daryo

Kreml iqtisodiy rivojlanish vazirining hibsga olinishini hukumat iste’fosi uchun asos deb hisoblamaydi

Jurnalistlarning bu haqdagi savoliga javob berarkan, Peskov bu ikki masala aloqador emasligini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish16 690 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevning hibsga olinishi mamlakat hukumatining iste’fosi uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: “TASS”

Jurnalistlarning bu haqdagi savoliga javob berarkan, Peskov bu ikki masala aloqador emasligini ma’lum qildi.

“Aloqa ko‘rmayapman. Gap shaxsiy ayblovlar haqida ketmoqda, ular esa u yoki bu vazirning yoxud shunchaki jismoniy shaxsning aybdor yoki korrupsioner deb tan olinishi uchun asos bo‘la olmaydi”, — ta’kidladi u.

Shuningdek, Peskov mamlakat prezidenti Vladimir Putin Ulyukayevni ishdan bo‘shatish qarorini qabul qilgani haqidagi gaplarni tasdiqlamadi.

Bir muddat oldin Rossiya tergov qo‘mitasi Ulyukayevga nisbatan ayblov ilgari surgan edi. U 15 yilga qamalishi mumkinligi aytilmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar