Tailandda qirol Pxumipon Adulyadet (Rama IX)ning vafoti munosabati bilan e’lon qilingan 30 kunlik motam yakunlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
30 kunlik motam vaqtida Tailand hukumati aholini turli zavqlantiruvchi tadbirlardan o‘zini tiyishga chaqirgan edi.
Tailand taxtida 70 yil hukmronlik qilgan Pxumipon Adulyadetning vafotidan so‘ng mamlakat hukumati davlat idoralari va kompaniyalari xodimlari uchun amal qiladigan 1 yillik motam haqida e’lon qildi. Qolganlarga esa 1 oy davomida motamga rioya qilish tavsiya etilgandi.
“30 kunlik motamdan so‘ng mamlakatda ko‘p narsalar o‘z iziga tushadi. Ammo ishonchim komil, aksariyat motam libosida yurishni davom ettiradi va bu ularning shaxsiy qarori bo‘ladi”, – dedi Tailand turizm va sport vaziri Kobkarn Vattanavrangkun.
14-noyabr kunidan tushirilgan bayroqlar qayta ko‘tarilishi kerak edi, biroq Bangkokdagi qator muassasalarda bu hamon amalga oshmadi.
Eslatib o‘tamiz, qirol Pxumipon Adulyadet 13-oktabr kuni 88 yoshida olamdan o‘tdi. U 1972-yili o‘zining valiahdi etib shahzoda Maxa Vachiralongkornni tayinlagan edi.
Izoh (0)