O‘zbekiston hukumati qabul qilgan yangi qarorga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan keltiriladigan yuqori hosilli va tezpishar navli sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari 2019-yil 1-iyulgacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bunday mustasno) ozod etiladi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Qarorda O‘zbekistonga bojxona to‘lovlari olinmasdan import qilinadigan sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu hujjatning maqsadi respublika fermer va dehqon xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich olib borilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarini taqsimlashni optizimatsiyalashni hisobga olgan holda, yuqori hosilli va tezpishar navli sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar urug‘lari bilan to‘liq ta’minlashdan iborat.
Izoh (0)