“Zabivaka” nomli bo‘ri 2018-yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy timsoli etib tanlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Umumxalq ovoz berish natijalari Rossiyaning “Perviy kanal”dagi “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvida jonli efirda e’lon qilindi. Ovoz bergan respondentlarning 1 milliondan ortig‘i, ya’ni, 52,8 foizi bo‘ri timsolini qo‘llab-quvvatladi.
JCh–2018 rasmiy timsoli bo‘lish uchun da’vogarlik qilgan yo‘lbars 26,8 foiz, mushuk esa 20,4 foiz ovoz to‘pladi.
Qayd etish joiz, Braziliya futboli afsonasi Ronaldo JCh–2018 timsolining taqdimotida ishtirok etish uchun Moskvaga kelishi kutilgandi va u “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvida bo‘lib o‘tgan taqdimotda qatnashdi.
Izoh (0)