Daryo

Samsung Galaxy Note 7 olti yoshli bolaning qo‘lida portlab ketdi

Bolaning buvisi Linda Lyuisning ma’lum qilishicha, smartfon to‘satdan portlab ketganda uning nabirasi video ko‘rayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish112 942 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: 3DNews

11-sentabr kuni kechqurun Bruklinda (Nyu-York) istiqomat qiluvchi olti yoshli bola Samsung Galaxy Note 7 smartfonining portlab ketishi tufayli kuyish jarohatini oldi. Bu haqda 3DNews ma’lum qildi.

Foto: 3DNews

Tez yordam bolani tibbiy markazga yetkazdi. U yerda bolaga zarur yordam ko‘rsatildi.

Bolaning buvisi Linda Lyuisning New York Post nashriga ma’lum qilishicha, smartfon to‘satdan portlab ketganda uning nabirasi video ko‘rayotgan bo‘lgan. Shundan keyin uydagi signalizatsiya ishga tushgan. Bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyin unga uyga ruxsat berilgan. U endilikda telefon yaqinidan o‘tishga ham qo‘rqib qolgan.

Bolaning oilasi Samsung vakillari bilan gaplashgan, biroq suhbat mazmunini oshkor etmaslikni ma’qul deb topgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung kompaniyasi foydalanuvchilarga Galaxy Note 7 smartfonlarini o‘chirib, tezroq almashtirishni maslahat bergan edi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar