Germaniyaning Dinslaken shahrida terakt uyushtirishga tayyorlanayotgan 3 gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda Duysburg shahri prokuraturasida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Tergovning ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining o‘yinlaridan birida terrorchilik hujumini uyushtirishga tayyorgarlik qilayotganlikda gumon qilinmoqda. Har uchala shaxs sud oldida javob beradi va ularga nisbatan jazo muddati tayinlanadi.
Avvalroq qo‘shni Reynland-Pfals yerida IShID terrorchilik guruhining taxminiy a’zosi qo‘lga olingandi. U ham 26-avgust kuni start oladigan futbol bo‘yicha Germaniya chempionati o‘yinlaridan biriga terakt tayyorlashi mumkin edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)