Sankt-peterburglik Sergey Lukyanov o‘z shahridan Rio-de-Janeyrogacha 18 ming kilometr masofani piyoda bosib o‘tdi. Uning mazkur safariga 496 kun ketdi, deb xabar bermoqda “Informing.ru”.
Lukyanov dunyo bo‘ylab sayohatini 2015-yilning 1-aprelida boshlagan. Kecha, 7-avgust kuni u Rioga yetib keldi.
Avvaliga rossiyalik sayyoh 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarining poytaxtiga 5-avgust kuni yetib kelishni rejalashtirgandi, biroq uning sog‘lig‘ida muammolar vujudga keldi. U hatto operatsiya ham qilindi. Kasallik tufayli Lukyanov 45 kun yo‘qotdi.
Sergey Lukyanov har kuni o‘rtacha 40 kilometr masofani bosib o‘tdi. Hind okeanidan o‘tish uchun u bir marta samolyotga chiqdi.
Xabarda qayd etilishicha, Sankt-peterburglik erkak dunyo bo‘ylab sayohatini 2017-yilning bahorida yakunlashni rejalashtirgan.
Izoh (0)