Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
Forbes jurnali reytingining birinchi o‘nta pog‘onasini egallab kelayotgan kishilar qanday uylarda yashaydi?

10.Kristi Uolton

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos
Kristi Uolton — Wal-Mart savdo tarmog‘i egadoshi — 2005-yilda aviahalokatda nobud bo‘lgan o‘z turmush o‘rtog‘i Jon Uoltonning davlatini meros qilib olgan.

9.Mukesh Ambani

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos
2010-yilda Reliance Industries multisanoat majmuasi rahbari Mukesh Ambani dunyodagi eng qimmatbaho uy — “Antiliya” hovli-joyini qurdi. 27 qavatli binoning narxi 1 milliard dollarga teng.

8.Eyke Batista

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos
Braziliyalik magnat Eyke Batista Rio-de-Janeyro qirg‘oqlaridagi hashamatli uyda yashaydi.

7.Amansio Ortega

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos
Zara savdo tarmog‘i xo‘jayini Ispaniyaning La-Korunya shahridagi oddiy ko‘p xonadonli uyda yashaydi

6.Lakshmi Mittal

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos
2004-yilda eng badavlat hindistonlik — Lakshmi Mittal Londondagi eng chiroyli uylardan birini sotib oldi. O‘sha vaqtda hovli-joyning narxi 128,5 million dollarni tashkil qilgan, bu o‘shanda dunyo uy-joy bozori uchun rekord summa bo‘lgan.

5.Larri Ellison

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos
Oracle korporatsiyasi rahbari AQShning Kaliforniya shtati Vudsayd shahrida XVI asrdagi Yaponiya imperatorlari saroyiga o‘xshash dang‘illama uy qurdi. Uning narxi 200 million dollarga baholanmoqda.

4.Bernar Arno

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos
LVMH Moët Hennesy — Louis Vuitton konserni prezidenti oilasi bilan Fransiyaning Sen-Trope kommunasidagi dengiz bo‘yicha joylashgan hashamatli villada yashaydi.

3.Uorren Baffet

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos
Milliarder AQShning Nebraska shtati Omaxa shahrida o‘zi 1958-yilda 31,5 ming dollarga sotib olgan uyda yashaydi.

2.Bill Geyts

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos
Microsoft asoschisining hovli-joyi dunyodagi eng “aqlli” uylardan biri hisoblanadi. Boshqaruv tizimi mikroiqlimni nazorat qilib, uydagilar uchun optimal sharoitlarni yaratadi. Geytsning har bir mehmoniga RFID jetoni beriladi, uning yordamida barcha zarur qurilmalarni ishga tushirish mumkin.

1.Karlos Slim Elu

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

Meksikalik milliarder Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyuda joylashgan tarixiy bino — Dyuk-Semans uyini 44 million dollarga sotib oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi