Daryo

Ekspertlar: Apple kompaniyasi joriy yil yakunida hisob bo‘yicha milliardinchi iPhone’ni sotadi

Bozorda iPhone’ning ko‘payib ketishi oqibatida, kompaniyaning smartfonlariga bo‘lgan talab pasayishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish8 284 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

AQShning Apple kompaniyasi hisob bo‘yicha milliardinchi iPhone smartfonini katta ehtimol bilan shu yilning yakunida sotadi. Bunday hisob-kitob haqida ma’lumotni  Inquisitr resursi 24-iyul, yakshanba kuni chop etdi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: EPA

Ushbu taxmin Uoll-strit mutaxassislarining korporatsiya faoliyatidagi hamda Apple’ning joriy yil uchinchi choragi uchun korporativ hisobotidan kutilayotgan tahlili asosida qilingan. Mazkur hisobot 26-iyul, seshanba kuni chop etilishi kutilmoqda.

Inquisitr’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Apple uchinchi chorak hisobotida turli modeldagi 40 million iPhone smartfonlarining sotuvi haqida e’lon qiladi. Shu tariqa, 2007-yildan buyon kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan bunday qurilmalarning umumiy soni 987 millionga yetadi. Kelasi yilning boshiga qadar ushbu ko‘rsatkich 1 milliardga teng bo‘ladi.

Shunga qaramay, bozorda iPhone’ning ko‘payib ketishi oqibatida kompaniya smartfonlariga bo‘lgan talab pasayishi kutilmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar