Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi Ninsya-Xuey avtonom hududida 21-iyul, payshanba kuni “G‘arb-Sharq” yirik gaz quvuri bo‘limlaridan biri yorildi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, gaz quvuri Chjunvey shahrida bo‘lib o‘tayotgan geologik ishlar vaqtida yorilgan. Natijada gaz chiqib ketishni boshlagan. “Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari zudlik bilan ishga kirishdi, voqea joyida odamlarning evakuatsiyasi amalga oshirildi”, – deyiladi xabarda.
Halok bo‘lgan va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Faqatgina hodisa joyida nazorat qo‘lga olingani va qayta tiklash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)