1991–1995-yillarda Xorvatiya hududida joylashgan tan olinmagan Serbiya Kraina Respublikasining sobiq prezidenti Goran Xajich 12-iyul, seshanba kuni 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Og‘ir xastalikdan so‘ng Voyevodina klinik markazida Serbiya Kraina Respublikasining sobiq prezidenti Goran Xajich vafot etdi”, – deb muassasa bayonotidan iqtibos keltiradi Serbiyaning TANJUG agentligi.
2014-yilning noyabrida sobiq siyosatchining bosh miyasida o‘simta aniqlangandi. Xajich vafotidan oldin so‘nggi kunlarida ahvoli tobora yomonlashib borgani ta’kidlab o‘tildi.
Izoh (0)