12-iyul, seshanba kuni Italiya janubida ikki poyezdning to‘qnashib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 kishiga yetdi. Bu haqda ANSA agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea joyida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Qurbon bo‘lganlar soni haqidagi ma’lumot yakuniy emas. Avvalroq halokat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 20 kishiga yetganligi haqida xabar qilingandi.
Hodisa natijasida 50 kishi jarohatlangan. Ular orasida to‘qnashib ketgan poyezdlardan birining mashinisti bor, u og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi. Ikkinchi mashinist voqea joyida halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, halokat Bari provinsiyasida, Korato va Andriya shaharlari orasida sodir bo‘ldi.
Izoh (0)