AQShning ABC telekanali jazirama ostida qoldirilgan avtomobil saloni necha darajagacha qizishi borasida tajriba o‘tkazdi. Tajriba doirasida telekanal xodimlari mashina ichida pechenye pishirdi, deb xabar bermoqda Motor.
Mashinaning old paneliga metall buyum ichiga joylashtirilgan xamir va termometr qo‘yildi. Ko‘chada harorat 30—33 daraja issiq bo‘lganida, mashina ichidagi havo harorati bir soat mobaynida +60 darajagacha ko‘tarildi.
Ikki yarim soat ichida esa pechenye harorati +75 darajagacha yetdi va pishiriq butunlay tayyor bo‘ldi.
ABC telekanalining qayd etishicha, hatto +15 daraja salqin bo‘lgan quyoshli kunda avtomobil ichi +38 darajagacha, +32 daraja issiqda esa +70 darajagacha qizishi mumkin.
Avvalroq AQShning Arizona shtatida jazirama tufayli asfaltda steyk pishirilgan edi.
Izoh (0)