Yevro–2016 turniri guruh bosqichining so‘nggi turida musobaqa debyutanti — Islandiya terma jamoasi Avstriya futbolchilariga qarshi bahs olib borib, o‘yinning so‘nggi soniyalarida Arnor Traustason tomonidan kiritilgan gol evaziga 2:1 hisobida zafar quchib, nimchorak finalga chiqqandi.
O‘shanda o‘yinni sharhlab borgan islandiyalik sharhlovchi Gudmundur Benediktsson mamlakat termasining g‘alabasidan ta’sirlanib, katta ehtirosga berilgan holda golli vaziyatga sharh bergan edi.
Musobaqa sensatsiyasiga aylanib ulgurgan Islandiya terma jamoasi nimchorak finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu o‘yinning 18-daqiqasida Kolbeyn Sigtorsson tomonidan gol kiritilgan vaziyatda Benediktsson o‘z ehtiroslarini jilovlay olmadi va hayqiriqli sharhi bilan ko‘pchilikni yana hayratga soldi. Islandiyalik sharhlovchining ehtirosli sharhining videosi YouTube’ga joylashtirildi.Qayd etish kerakki, ehtirosli sharhi bilan tanilgan Gudmundur Benediktsson professional sharhlovchi emas. Uning asosiy ish joyi “Reykyavik” futbol klubi bo‘lgan va u jamoa bosh murabbiyi yordamchisi bo‘lib ishlagan. Klub so‘nggi 7 o‘yindan 6 tasida mag‘lubiyatga uchragani uchun “Reykyavik” rahbariyati bosh murabbiy Byarni Gudyonsen va uning murabbiylar shtabini, shu jumladan, Benediktssonni iste’foga chiqardi.[playbuzz-item playbuzz_url="https://www.playbuzz.com/muhrima10/islandiyalik-ehtirosli-sharhlovchi-haqida-qanday-fikrdasiz"]
Izoh (0)