AQShning Minnesota shtatida shu yilning 21-aprel kuni vafot etgan xonanda Prinsning merosi bo‘yicha sud ishida uning yuzlab million dollariga da’vogarlik qilganlardan biri qallob bo‘lib chiqdi va da’vogarlar safidan chiqarildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
22-iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan sudda Prinsning merosiga 15 kishi da’vogarlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ulardan biri qallob ekani sobiq xonandaning mulkini vaqtincha o‘z boshqaruviga olgan Bremer Trust ishonch kompaniyasi taqdim qilgan DNK tahlili orqali aniqlandi.
Izoh (0)