Daryo

Prisma O‘zbekistonda App Store’dan eng ko‘p yuklab olinayotgan dasturga aylandi

Prisma suratlarni Mark Shagal, Edvard Munk va boshqa mashhur rassomlarning uslubiga moslab o‘zgartirish imkonini beradi

1 daqiqa o‘qish25 018 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Uz24

Prisma o‘nta mamlakat — Rossiya, Belarus, Estoniya, Moldaviya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Latviya, Armaniston va Ukrainada App Store’dan eng ko‘p yuklab olinayotgan dasturga aylandi. Rossiyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan Prisma dasturi 11-iyun kuni ishga tushgan edi, deya xabar bermoqda UZ24.

Foto: UZ24

Prisma suratlarni Mark Shagal, Edvard Munk va boshqa mashhur rassomlarning uslubiga moslab o‘zgartirish imkonini beradi.

“Vedomosti”ning qayd etishicha, suratlarni turli shaklda qayta ishlash imkoniyatini beruvchi dastur katta shuhrat qozongan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Facebook ijtimoiy tarmog‘i Belarusning Masquerade (MSQRD) startapini sotib olganligi haqida xabar berilgan edi. U smartfonga olinayotgan videoga real vaqt rejimida kulgili filtr-niqoblar qo‘yish imkonini beradi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar