Vyetnamning Xoshimin shahrida yengil atletika bo‘yicha 1997/98-yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bahslarida o‘zbekistonlik Jalolxon Tillavoldixo‘jayev bosqon uloqtirish sektorida 63,77 metr natija bilan bronza medali sohibi bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bugun, 5-iyun kuni musobaqaning uchinchi kungi dasturida yengil atletikaning bir necha turlari bo‘yicha saralash musobaqalari o‘tkazildi. Jumladan, 200 metr masofaga yugurish musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Jaloliddin Hamroqulov 21,95 soniya natija bilan yarim finalga chiqdi.
400 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish sektorida ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakili Shohrux Baratov 53,22 soniya natija bilan final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati 6-iyun kuni yakuniga yetadi.
Izoh (0)