3-iyun, juma kuni amerikalik afsonaviy bokschi, og‘ir vazn toifasida uch karra jahon chempioni Muhammad Ali 74 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Marhum bokschi nafas yo‘llaridagi muammolar tufayli Finiks shahridagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan edi. Ali bir necha kun o‘tib o‘sha yerning o‘zida olamdan o‘tdi.
Professional faoliyati davomida Muhammad Ali 61 ta jang o‘tkazib, 56 tasida (shulardan 37 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozonib, 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan.“Daryo” bokschining faoliyatidagi eng yorqin nokautlarini yodga olishga qaror qildi.
Izoh (0)