Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik musiqachi Yuriy Loza so‘nggi vaqtlarda internetda ilmoqli gaplari bilan mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

2-iyun kuni bastakor televideniyedagi intervyusida The Beatles muvaffaqiyatining sabablari haqida gapirar ekan, koinotga uchgan ilk odamni liverpullik to‘rtlik bilan qiyosladi va Yuriy Gagarin hech narsa qilmasdan, “shunchaki yotgani”ni aytdi. Bu gap ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

“Gap nimadaligini bilasiz. Gagarin birinchi bo‘lgan. Gagarin hech narsa qilmagan, u yotgan. U birinchi eng muhim kosmonavt. The Beatles ham birinchi bo‘lgan, ular zarur joyda zarur vaqtda bo‘la olgan”, — dedi Loza.

Bu gapga birinchi bo‘lib ochiq koinotga chiqqan sobiq ittifoq kosmonavti Aleksey Leonov munosabat bildirdi. U qo‘shiqchini “yaramas odam” deb atadi.

Loza ham Leonovning ayblovlarini javobsiz qoldirmadi. “Leonov Gagarin u yerda nima qilgan deb hisoblaydi? Sakraganmi, qo‘shiq aytganmi, raqs tushganmi — nima qilgan? U yotgan. Leonov nimaga xafa bo‘ladi? Men aytdimki, Gagarin — birinchi buyuk kosmonavt, biroq raketada u yotgan. Bu barcha kitoblarda yozib qo‘yilgan”, — dedi Yuriy Loza.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
Krishtianu Ronaldu JCH—2022 vaqtida Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etmoqchi bo‘lgan