Ayollar o‘rtasida O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sabina Sharipova Andijon shahrida yakuniga yetgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarga teng Andijan International tennis turnirining yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, final bahsida 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi rossiyalik Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 19 daqiqa davom etgan bellashuvda Sharipova 7:5, 6:0 hisobida zafar quchdi.
“Sports.uz”ning xabar berishicha, rossiyalik Viktoriya Kan bilan tandem hosil qilgan Sabina juftliklar bahsi finalida chexiyalik Barbora Stefkova va ukrainalik Anastasiya Vasilyeva duetiga 3:6, 6:4, 7:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shunday qilib, Sabina Sharipova Andijan International tennis turnirining yakkalik bahslarida chempion, juftliklar bahsida esa vitse-chempion bo‘ldi.
Izoh (0)