O‘zbekistonlik Nigina Abduraimova Yaponiyaning Karuizava shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarga teng ITF turkumidagi tennis turnirining finaliga chiqdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, mazkur turnirning uchinchi raketkasi sifatida tasniflangan 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi gollandiyalik Indi de Vrumga qarshi kortga chiqib, 7:6, 7:6 hisobida qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, O‘zbekiston vakilasi WTA reytingida 192, de Vrum esa 274-o‘rinni egallab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, finalga qadar Abduraimova mezbon tennischilar – Haine Ogatani 6:1, 6:3, Yurina Koshinoni 6:3, 6:1, Mana Ayukavani 6:2, 6:3 hisobida taslim qilgandi.
Nigina Abduraimova Karuizawa Yonex Open—2016 tennis turnirining bosh sovrini uchun An Sofi Mestaxga qarshi bahs olib boradi.
Izoh (0)