Daryo

iPhone 7’ning yangi suratlari qo‘sh kamera mavjudligini tasdiqladi

Home tugmasining hamda orqa korpusdagi antennalar yonida plastik detallarning yo‘qligi ham tasdiqlandi

1 daqiqa o‘qish30 628 ko‘rishlar0 izoh0
iPhone 7’ning uch o‘lchamli render. Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Xitoyning Bastille Post manbasi e’lon qilgan yangi rasmlar iPhone 7’da qo‘sh kamera mavjudligini tasdiqladi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Home tugmasining hamda orqa korpusdagi antennalar yonida plastik detallarning yo‘qligi haqida tarqalib ketgan boshqa ma’lumotlar ham insayderlik fotosuratlari orqali tasdiqlandi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Ikkita obyektivga ega kamera iPhone 7 orqa korpusining tekis yuzasidan biroz bo‘rtib chiqib turishi taxmin etilmoqda. Bir qavatli yorug‘lik diodli vspishka uning yonida joylashadi, bu biroz g‘alati ko‘rinadi, chunki ko‘pchilik flagman smartfonlarda vspishka ikkitalik va u ranglar ancha tabiiy uzatilishini ta’minlaydi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Kamera va vspishka yonida an’anaviy tarzda mikrofon joylashdi. Orqa panelda antennalar uchun mo‘ljallangan yo‘l-yo‘l chiziqlar yo‘q: Apple ularni ustki va pastki qirralarga joylashtirdi.

iPhone 7’ning uch o‘lchamli renderi. Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Orqa panelning pastki qismidagi uchta nuqta Smart Connector interfeysi analogi deb taxmin etilmoqda. Apple undan iPad Pro’da foydalangan edi. Biroq yashirincha olingan suratlar orqali iPhone 7 haqidagi asosiy savolga javob topib bo‘lmaydi — smartfonda quloqchinlar uchun 3,5 millimetrlik bo‘linma bo‘ladimi, yo‘qmi?

iPhone 7’ning uch o‘lchamli renderi. Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Maxfiy suratlarga asoslanib, Feld & Volk kompaniyasi dizaynerlari iPhone 7’ning uch o‘lchamli renderlarini yaratdi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar