Daryo

Instagram Telegram’dagi profillarga havolalarni bloklay boshladi

Avvalroq WhatsApp ham Telegram’ga havola berishni bloklay boshlagandi

1 daqiqa o‘qish5 996 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Instagram foydalanuvchilari endi o‘z profillarida Telegram messenjeridagi akkauntlariga havola bera olmaydi. Bu haqda Telegram messenjeriga tayanib,“RBK” xabar beradi.

Foto: “RIA Novosti”

Avvalroq WhatsApp ham Telegram’ga havola berishni bloklay boshlagandi.

Telegram messenjeri Twitter’ga joylashtirgan skrinshotdan ma’lum bo‘lishicha, Instagram foydalanuvchilarga o‘z profilida Telegram’dagi akkauntiga havola berish imkonini bermaydi. Bunga izoh sifatida boshqa servislar foydalanuvchilarini qo‘shishni taklif qilish bo‘yicha havolalarni joylashtirish qo‘llab-quvvatlanmasligi bildirilgan.

“WhatsApp’da Telegram’ga havolalar bloklangan holatdagi kabi biz Facebook va Instagram’dan hech qanday izoh yoki ogohlantirish olmadik”, — deydi Durov.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar