Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniyaning Volkswagen konserni, dizel avtomashinalaridagi chiqindi ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatish bilan bog‘liq mojaro fonida, 2015-yilda dunyo bo‘ylab 13 yilda ilk marotaba avtomashina sotuvini qisqartirdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.

Foto: DPA

Foto: DPA

Ma’lum qilinishicha, yil davomida Volkswagen avtomashinalarining savdosi 2 foizga tushib ketib, 9,9 milliontani tashkil qildi. 2014-yilda esa, sotish hajmi bo‘yicha Volkswagen Yaponiyaning Toyota Motor kompaniyasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

2015-yil dekabr oyi savdolari 5,2 foizga tushib ketdi va 834,8 mingta avtomashinani tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Volkswagen AG rahbari Mattias Myuller zararli chiqindi ko‘rsatkichlarini kamaytirib ko‘rsatadigan elektron dastur yordamida qilingan firibgarlik uchun amerikaliklardan uzr so‘ragan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)